
"Chempionlar ligasini kim yutadi? Menimcha, biz katta syurpriz ko'rmaymiz. Hammasi odatdagidek bo'ladi. "Manchester Siti", "PSJ", "Bavariya" - katta klublarning saviyasi juda yuqori. O'ylaymanki, Ispaniya jamoalari ham kubok uchun kurashadi, - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Bugun tunda Anchelottining jamoasi "Braga"ga qarshi 4-turda maydonda tushadi. Uchrashuv Madridda bo'lib o'tadi.