Karlo Anchelotti: "Bellingem o'zini yaxshi his qilyapti"

Mirjalol Normatov
11 noya 2023
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Jud Bellingem haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, Bellingem LaLiga doiraida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Keyinchalik tekshirilishicha, futbolchining elkasida kichik jarohat aniqlangan, biroq bu unchalik jiddiy bo'lib chiqmagandi.

"Bellingem o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi. U bugun yaxshi mashg'ulot o'tkazdi. Jud safda va yaqin soatlar ichida noodatiy hech nima bo'lmasa, u o'ynasa kerak", - dedi "Real" ustozi.

Ertaga "Real" o'z maydonida "Valensiya"ga qarshi o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca