Karlo Anchelotti: "Asensioning qolishini istayman"

Mirjalol Normatov
26 apr 2023, 00:50
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Marko Asensioning klubdagi kelajagi borasida gapirdi.

"U menga yoqmoqda va bu normal holat. Ko'plab klublar uni tarkibiga qo'shib olishni istashyapti. Ammo uning qolishini istayman. Umid qilamanki, kelasi mavsumda u biz bilan bo'ladi", - dedi Anchelotti.

Qayd etish kerak, Asensio bilan shartnoma iyun oyida yakuniga etadi. Hozircha tomonlarning muzokaralari davom etmoqda.

Futbolchi "Real" tarkibida 277 o'yinda maydonga tushib, 60 gol va 32 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As