Karlo Anchelotti: “Arbeloa va Karvaxal navbatma-navbat o'ynashadi”

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2014
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, jamoaning o'ng qanot himoyasidagi raqobat xususida to'xtalib o'tdi.

“Bu poziciyada favorit yo'q. Arbeloa ham Karvaxal ham ajoyib o'ynashadi. Ular navbatma-navbat maydonga tushishadi, chunki ikkalasi ham yaxshi futbolchi.

Ularni har doim tetik saqlashimiz kerak, chunki bu poziciyada o'ynovchi o'yinchilardan ko'p narsa talab etiladi.

Chap qanotga keladigan bo'lsak, yaqinda Koentrau safga qaytadi deb o'ylayman va o'shanda Marseloga tanaffus bera olaman”, - deya ta'kidladi Anchelotti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru