Karles Koto ikki haftaga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2014
“Bunyodkor”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Karles Koto taxminan ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma'lumki, “Bunyodkor” oliy liganing 2-turidan o'rin olgan bahsni safarda “Mashal”ga qarshi o'tkazdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan bir kun oldin “qaldirg'ochlar” Qarshida “Nasaf” futbol klubiga qarshli maydonda mashg'ulot o'tkazishgan va mashg'ulot paytida Karles Kotoning oyoq paylarida uzilish hosil bo'lgan. Natijada u “Mashal” bilan kechgan uchrashuvda hatto zaxiradagilar ro'yxatiga ham kiritilmadi. Endi u “Olmaliq” (oliy liga, 3-tur), “Fulad” (OCHL, 4-tur) va “Dinamo” (oliy liga, 4-tur) bilan bo'ladigan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

X.Xoliqov.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia