Karius jonajon jamoasiga qaytmoqda

Mirjalol Normatov
4 may 2020, 19:25
Darvozabon Loris Karius "Beshiktosh" bilan shartnomasi yakunlanganini va "Liverpul"ga qaytayotganini ma'lum qildi.

"Barchasi yakunlanayotgani biroz achinarli. So'nggi bir necha oy davomida men rahbariyat bilan qayta-qayta gaplashdim. Biroq ular bu muammoni hal qilishni istashmadi. Men maoshimning kamayishiga ham rozi bo'lgandim. Endi faoliyatim "Liverpul" bilan davom etadi. Barchaga rahmat aytaman", - dedi Karius.

Lorisning "Liverpul" bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal