Karius faoliyatini "Bazel"da davom ettirishi mumkin

Alisher
23 sen 2021, 10:43
"Bazel" "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusga qiziqish bildirmoqda.

Yozgi transfer oynasida 28 yoshli nemis bilan shartnoma imzolashga uringan Shveytsariya klubi bitimni qishda yopmoqchi.

Karis 2020/21 yilgi mavsumni "Union"da o'tkazdi, u 5ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 4ta to'p olib chiqdi.

Futbolchi joriy mavsum "Liverpul"ning qaydnomasiga kirmadi. Transfermarkt o'yinchini 2 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild