Karim Benzema "Real Madrid" Los-Anjelesda to'xtagan mehmonxonaga yetib bordi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2022, 18:47
Karim Benzema dam olish uchun taqdim etilgan qo'shimcha besh kunni ham o'tkazib, Los-Anjelesga yetib bordi.

Fransiyalik hujumchini Karlo Anchelotti va jamoadoshlari iliq kutib olishdi. Endi Karim jamoa grafigiga tushib olishi zarur. Madridliklar hujumchisiz to'rtta mashg'ulot o'tkazib ulgurishdi. Shu sababli Karimning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi deyarli imkonsiz.

"Real Madrid" ikki haftani "Beverli-Xills" mehmonxonasida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru