Karim Benzema: "Falkaoning transferi meni qo'rqitmaydi"
Narzulla Saydullayev
13 avg 2014, 20:00
"Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaning takidlashicha, "Monako"ning kolubmiyalik futbolchisi Radamel Falkao madridliklar safiga o'tishi mumkinligi Fransiya terma jamoasi futbolchisini qo'rqitmaydi.
"Real" - men uchun dunyodagi eng yaxshi klub, shu sababli jamoa yana bir hujumchi bilan kuchaymoqchi. Men "Real"da o'ynayotganimdan hursandman, bu yerda meni hamma narsa qoniqtiradi. Asosiy tarkibda o'ynash va ko'proq sovrinlar yutish uchun o'z ustimda ishlashda davom etaman" - deydi Benzema.