Realning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello, Lionel Messi hamda Neymarning "Barselona"dagi juftligiga hech kim teng kela olmasligini aytdi.
"Neymar juda noodatiy futbolchi, unda o'ziga xos hislatlar mavjud. Unda tezlik, texnika bor, ikkala oyoqda zarba bera oladi va har doim eng qulay poziciyani tanlay oladi.
“O'ylaymanki Messi va Neymar birga o'ynaganda, ularni engish juda qiyin bo'ladi. Chunki ular har doim gol ura olish qobiliyatiga egalar. Agar jamoangiz har bir turnirda sovrinni qo'lga kiritishni xohlasa, bu juda muhim”.
Kapello shuningdek "Santyago Bernabeu"dagi yangi bosh murabbiy, o'zining vatandoshi Karlo Anchelottiga, xotirjam bo'lishga xarakat qilib barcha narsaga maydonda oydinlik kiritishni maslahat berdi.
"Madridga borganda, futbolchilardan klub ustunligini, murabbiy esa hamma narsadan ustunligini bilish kerak”, - dedi murabbiy.
"Real"da eng muhim inson bo'lishga xarakat qilish kerak emas. Anchelotti juda aqlli. U jamoani qanday boshqarishni biladi. U bosiq va tajribali inson – unda “Real”ni boshqarish uchun a'lo darajadagi hislatlar bor”
Faxriy murabbiy Madridning Isko hamda Asier Illaramendilarning qimmatbaho transferlaridan xursand. Uning fikriga ko'ra “La Liga” 2013 yilda eng yuqori imkoniyatlarga ega.
"Hozir futbol sohasidagi eng istiqbolli yosh futbolchilar Ispaniyadalar, shuning uchun ham ularni “Real” harid qilgan. Ularda tajriba ham istedod ham bor, ular Ispaniyada qanday uslubda o'ynash kerakligini bilishadi”.