Kapello: "Messi nimadandir xafa"

Mirjalol Normatov
16 fev 2022
"Milan", "Yuventus" kabi jamoalarning sobiq ustozi Fabio Kapello YCHL 1/8 finali doirasida PSJ - "Real" uchrashuvi haqida gapirdi.

"Agarda Mbappe bo'lmaganida maydondagi eng yaxshi futbolchi Verratti bo'lgan bo'lardi. Kilian ushbu bahsda juda yaxshi o'ynadi. Verratti ham yarim himoyani to'liqligicha nazorat qildi.

Messi 6 oyda barchasini yo'qotdi deb o'ylash noto'g'ri. Biroq u uchrashuvda biror marta raqiblarini aldab o'tmadi. Menimcha u nimadandir xafa", - dedi Kapello.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia