Kapadze shogirdlari Marokashdagi kichik turnirni nechanchi o'rinda yakunladi?

Eldor Akmurzayev
28 mar 2023, 09:25
O'zbekiston U-23 termasi oxirgi turda mezbon Marokashga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Timur Kapadze shogirdlari ilk turda Togoni 5:3 natijasi bilan engib, Kot-d'Ivuar bilan nursiz (0:0) durang o'ynashgandi. Shu tariqa, o'zbekistonlik olimpiyachilar guruhda 4 ochko bilan uchinchi bo'ldi. Marokash esa 6 ochko bilan 2-o'rinni egalladi.

Oxirgi turda Togoni 3:0 hisobida taslim etgan Kot-d'Ivuar kichik turnirni mag'lubiyatsiz 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.

U-23 xalqaro o'rtoqlik turniri

1. Kot-d'Ivuar – 7 ochko (+4);

2. Marokash – 6 ochko (+4);

3. O'zbekiston – 4 ochko (-1);

4. Togo – 0 (-7).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia