

"Chelsi" futbolchisi Ngolo Kantening jarohati hali ham tuzalgani yo'q. Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, 31 yoshli futbolchi fevral oyining oxiri va martning boshlariga tuzaladi. Romanoning qo'shimcha qilishicha, Kante mavsum oxirida "Chelsi"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Kante oxirgi marta 14 avgust kuni maydonga tushgandi.



