Kante Chempionlar Ligasida hafta o'yinchisi deb topildi

Alisher
30 apr 2021, 17:16
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante Chempionlar Ligasida hafta o'yinchisi deb topildi.

Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Chelsi" Chempionlar Ligasining ilk o'yinida "Real" bilan 1:1 o'ynadi. Ngolo Kante esa katta hajmdagi ishni bajardi va 86% aniq uzatmalarni amalga oshirdi.

Chempionlar Ligasining javob o'yinlari keyingi haftadayoq bo'lib o'tadi - 4-5 may. "Chelsi" o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com