Kante "Chelsi" ixtiyoriga qaytdi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2021, 01:36
Fransiyalik engil jarohat oldi.

"Sky Sports" axborotiga ko'ra, "Chelsi" tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante Fransiya termasi tarkibida jarohat oldi. 29 yoshli futbolchi Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:1) oyog'ida noqulaylik sezdi. Tekshiruvdan so'ng Kantening soni lat egani ma'lum bo'ldi.

Shunday qilib, yarim himoyachi "Chelsi" qarorgohiga qaytdi va shu tariqa Fransiyaning Qozog'iston va Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Fransiyalik o'yinchi joriy mavsumda APLning 25 uchrashuvida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports