

Rossiyalik mutaxassis 2018 yildan 2020 yilgacha Namanganning "Navbahor" jamoasida ikki bor ishlagan.
"Qiziqarli o'yin bo'ladi. O'zbekiston Osiyo konfederatsiyasida yomon ishtirok etmaydi. Agar jamoa jasorat ko'rsatsa, Rossiyaga o'zbeklar bilan o'yinda qiyin bo'ladi. Menimcha, Toshkentdagi o'yinda stadion to'ladi. O'zbekistonda terma jamoa o'yinlariga tushishni yaxshi ko'rishadi.
O'zbekiston va Rossiyani solishtirish qiyin. Birinchidan, Rossiya bu yilda atigi bitta o'yin o'tkazdi. Ikkinchidan, O'zbekiston Osiyo konfederatsiyasida ishtirok etadi va u yerda umuman boshqa raqiblar", - dedi Kancheslskis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Rossiya o'yini 20 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionda bo'lib o'tadi. Bahs mahalliy vaqt bilan 17:00da start oladi.


