Kamron Saidazimov – "Sho'rtan" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
20 fev 2025
"Sho'rtan" tarkibiga Kamron Saidazimov qo'shib olinganligini e'lon qildi.

"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Sho'rtan" klubi transfer oynasi yopilgunga qadar selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Bugun jamoamiz yana bir iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzoladi!

Kamron Saidazimov – "Sho'rtan" jamoasida!

Tajribali hujumkor yarim himoyachi Kamron Saidazimov endilikda G'uzor jamoasi sharafini himoya qiladi. U bungacha "OKMK", "Lokomotiv", "Andijon" va "Surxon" klublarida o'ynagan va o'z mahorati bilan futbol muxlislarining e'tiborini qozongan.

Biz Kamronning yangi mavsumda "Sho'rtan" g'alabalariga katta hissa qo'shishiga ishonamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, Kamron Saidazimov faoliyati davomida 87 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати