

- O'yin haqida fikringiz?
- Buxoroda qiyin bahs bo'lishini bilgan holda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Buxoro" oxirigacha kurashadigan jamoa va bugun ham shunday harakat qildi. Birinchi taymda kiritilgan gol jamoamizga g'alaba keltirdi va safarda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Birinchi taymda bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik, ikkinchi bo'limda raqib o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Juda muhim g'alabaga erishdik va bu bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Oxirigacha kurash olib borishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman.
- Nima deb o'ylaysiz, "Paxtakor" bugungi o'yini bilan avvalgi "Paxtakor"ga munosib o'yin ko'rsatdimi?
- Ha. Biz munosib o'yin ko'rsatdik. Bu erga kelib hech kim osonlikcha g'alaba qozonmaydi.
- Jamoangiz futbolchilari bir necha bor maydonda yotib vaqtni cho'zishdi. Bunga fikringiz qanday?
- Qaysi vaziyatlarda yotib olishdi?
- Raqamlar esimda qolmadi, lekin shunday hollar bo'ldi.
- Keling, aniqroq gaplashaylik. Men bunday vaziyatni eslolmadim.
- Ikki yildan beri "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvida "Paxtakor"ning bir nechta futbolchilari "Buxoro"ga nisbatan provakacion o'yin qilishyapti. "Paxtakor" faqat shu yo'l bilan g'alaba qozonmoqchimi?
- Qayerda ko'rdingiz, futbolchilarimiz provakaciya qilganini? Bizdan hech kim provakacion o'yin namoyish etgani yo'q. O'yin haqida savol bersangiz yaxshi bo'lardi.
- Masalan, bahs yakuniga etganidan futbolchingiz qiliq qildi.
- Hushtak chalinmasidan oldin davom etayotgan o'yin haqida gaplashaylik. O'yinda nima ro'y berdi? Men hech nima noto'g'ri narsani ko'rmadim.
- Birinchi taymda jamoangiz yaxshi o'ynadi, lekin ikkinchi taymda mayonda yo'qolib qoldi. Shu fikrga qo'shilasizmi?
- Biz yo'qolib qolmadik. Hisobni saqlab qolish uchun o'ynadik. Yana qaytarib o'taman, "Buxoro" yaxshi shakllangan jamoa va hech kimga bu yerdan g'alaba bilan qaytish oson bo'lmaydi.



