Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi "Vitess" bilan futbolchi sifatida shartnoma imzoladi

Alisher
7 noya 2019, 10:17
Yaponiyalik futbolchi Keysuke Xonda "Vitess" bilan shartnoma imzoladi.

Keysuke Xonda va "Vitess" o'rtasidagi imzolangan shartnoma mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

"Vitess"da hozirda futbolchiga begona bo'lmagan mutaxassis Leonid Sluckiy ishlamoqda. Keysuke 2010-2013 yillar davomida SSKAda o'ynagan payti aynan bosh murabbiy Sluckiy bo'lgan.

Xonda "Vitess" tarkibiga terma jamoaning tez orada bo'lib o'tadigan o'yinlaridan so'ng borib qo'shiladi.

"Vitess" 12 turdan so'ng Gollandiya chempionatida 5-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Xonda bir vaqtning o'zida Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi ham sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MijnVitesse

Shuningdek o'qing