"Vitess" "Yuventus" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
4 sen 2020, 12:47
"Yuventus" yarim himoyachisi Idrissa Ture yangi mavsumni Niderlandiya chempionatida o'tkazadi.

"Vitess" matbuot xizmati 22 yoshli germaniyalik futbolchining ijaraga olinganini e'lon qildi.

"Birinchi taassurot ajoyib. Meni juda iliq kutib olishdi va "Vitess"ni menga qiziqishini sezyapman. O'z navbatida men jamoaning muhim a'zosi bo'lishni xohlayman. "Yuventus" U23'dagi muvaffaqiyatli yildan so'ng asosiy jamoadagi to'laqonli ilk mavsumimni intizorlik bilan kutyapman", - deydi Ture.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MijnVitesse