Kamavinga jarohat sabab Fransiyaning o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2023, 08:25
"Real" futbolchisi Eduardo Kamavinga jarohat sabab Fransiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Uning o'ng tizzasida muammolar bor. 

U Fransiya terma jamoasi mashg'ulotida Usman Dembele bilan to'qnashib ketdi.

21 yoshli futbolchi Gibraltar va Gretsiya terma jamoalariga qarshi kechadigan Evro-2024 saralash o'yinlarini o'tkazib yuboradi. 

Eslatib o'tamiz, Fransiya oktyabr oyida Yevropa chempionati yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Le Parisien