

Jurnalist Yag'iz Sabunjuog'lu xabariga ko'ra, "Trabzonspor" klubi "Liverpul" sobiq vingerining vakillari bilan uchrashuv o'tkazib, futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qildi.
Turkiya klubi Salohga har mavsum uchun 17 million evro maosh to'lashga tayyor.
Ayni vaqtda 34 yoshli futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Avvalroq unga Turkiyaning yana bir grandi - "Beshiktosh" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh "Liverpul" safida klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchilardan biriga aylandi. U mersisaydliklar bilan Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya Kubogi va boshqa qator nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan.



