Kamavinga "Espanol"ga qarshi o'yinda jarohat oldi

Alisher
4 okt 2021
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Espanol" (1:2)ga qarshi La Liga doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

Futbolchi terma jamoalar tanaffusi paytida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

18 yoshli xavbek asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo jarohat sabab tanaffusda almashtirildi. Futbolchiga chap oyoqning qattiq shikastlanish tashhisi qo'yilgan.

Kamavinga "Real"ga yozgi transfer oynasi paytida "Renn"dan o'tgan edi. U joriy mavsum madridliklar tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: football-espana.net