

Biroq hujumchining transfer huquqi tegishli bo'lgan Roma so'rayotgan pulni Klaudio Raneri jamoasi bera olmasligi mumkin. Rimliklar termamiz sardorining transferidan 8-9 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Ma'lumot uchun, Shomurodovning Roma bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Rimliklar hujumchimizni 2021 yilda 19 million evroga sotib olgan.
Joriy mavsum Eldor A Seriyada 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va golli uzatma mavjud.



