Kaka Ronaldu va Messidan birini tanladi

Alisher
3 apr 2020
Braziliyalik sobiq futbolchi Kaka Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan birini tanladi.

"Messi yoki Ronaldu? Messi. U ajoyib futbolchi va unda aqlbovar qilmas istedod bor. Siz doim uning maydonda qilayotgan ishlaridan hayron qolasiz.

Ronaldu esa haqiqiy mashina. U jismoniy jihatdan yaxshi va tezkor. U doimo g'alaba qozonishni xohlaydi. Umuman olsak, har ikkala o'yinchining davrida yashayotganimizdan xursand bo'lishimiz kerak", - deydi Kaka.

Eslatib o'tamiz, Kaka futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fifaworldcup