

"Qachondir "Milan"ga qaytishim mumkinmi? Bilmayman. Lekin, hozir AQSHda bahtliman.
Menga "rossonerilar" safida o'ynash judayam yoqardi. O'ylaymanki, klub eshiklari men uchun doimo ochiq.
Murabbiy bo'lish haqida esa faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng o'ylab ko'raman", - deydi braziliyalik futbolchi.
Avvalroq esa, "Orlando Siti" futbolchini ijaraga qo'yib yuborishga qarshi emasligini ma'lum qilgandi.



