Kaka: "Messi - daho, Ronaldu esa - zamonaviy futbolning yuzi"

Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 12:12
"Orlando Siti"ning braziliyalik yarim himoyachisi Kaka "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni solishtirdi.

"Messi - daho, Ronaldu esa - zamonaviy futbolning yuzi. Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi o'z jamoasi bilan muvaffaqiyatga ko'proq erishganga beriladi. Ammo ularga ikkita "Oltin to'p" topshirilsa ham xato bo'lmaydi.

Menga Krishtianu Ronaldu yoqadi, chunki u universal futbolchi. Chap oyoq, o'ng oyoq, bosh bilan zarba bera oladi. Uning qo'lidan hamma narsa keladi. Ronalduni do'st sifatida ham hurmat qilaman" - deydi Kaka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com