Kaka: "Mening "Real"dagi asosiy muammom - Mourinyo edi"

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 13:50
"Real"ning sobiq hujumchisi Kaka Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Ilk yilda oyoqlarimda muammolar paydo bo'ldi, shundan keyin mushaklar. JCHdan keyin meni operaciya qilishdi va 6 oyga safdan chiqdim. Qaytganimda esa Mourinyo jamoani boshqarayotgandi.

Mening "Real"dagi asosiy muammolarim - jarohat va Mourinyo edi. Unga o'zimni ko'rsatish va ko'proq imkoniyatga ega bo'lish uchun barcha imkoniyatlarimni ishga solib, 3 yilimni yo'qotdim. Albatta, bu uning tanlovi edi, buni men nazorat qila olmasdim. Nima bo'lsa ham, professionalligimcha qoldim.

Hattoki bugun ham "Real"ga borishim mumkin. U erning eshiklari men uchun har doim ochiq. Peres meni klubning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb ataydi", - dedi Kaka.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Grande Círculo de SporTV