K-Liga. Ikrom Aliboev jarohatidan tiklanib, deyarli ikki oylik tanaffusdan so'ng "Kanvon" safida maydonga tushdi

Administrator
2 iyul 2023, 21:42
Futbolchi jarohatidan tiklanib, maydonga qaytdi.

Janubiy Koreya K-Ligasida harakat qilayotgan "Kanvon" futbolchisi Ikrom Aliboev sakkiz o'yinlik tanaffusdan so'ng maydonga tushdi. Futbolchi jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmayotgandi. Ikrom Aliboev K-Liga 20-turidan o'rin olgan "Inchon"ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida maydonga tushirildi. Ma'lumot uchun, Aliboev bundan oldin 9 may kuni "Ulsan" jamoasiga qarshi o'yinda oxirgi marta maydonga tushgandi. Deyarli 2 oylik tanaffusdan so'ng u safga qaytdi. Ushbu uchrashuvda "Kanvon" kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

"Inchon" "Kanvon" 1:0

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia