

Janubiy Koreya K-ligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing
Doston Tursunov harakat qilayotgan "Pusan I'Park" jamoasi bugun o'z maydonida "Suvon"ni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da start oladi.

Yana bir himoyachimiz Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan "Kvandju" esa o'z maydonida chempionat favoritlaridan hisoblangan "Ulsan Xyonde" bilan o'ynaydi. Ushbu bahs ham Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.




