

"Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde "Real Madrid"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Kunde 8 oktyabr kuni o'tkazilgan "Granada"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Tizzasi shikastlangan himoyachi bu jarohatni "Real"ga qarshi o'yingacha tiklab olishga ulgurmaydi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi to'qnashuv 28 oktyabr kuni o'tkaziladi.



