

Bu haqda avstraliyalik futbol jurnalisti Skott Maklintayr o'z "tvitteri"da ma'lum qildi.
"Tushunishim bo'yicha, BAA futbol assotsiatsiyasi (BAA FA) Qatar terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Bassam Al-Ravi va Almoez Ali huquqlari bo'yicha OFKga rasmiy etiroz tayyorlamoqda. Mahalliy jurnalistlar menga taqdim etgan hujjatlarda hozir tilga olingan futbolchilarning onasi Qatarda tug'ilmagan ekan" - deb yozdi Maklintayr.

Almoez Ali

Bassam Al-Ravi
Bir necha soat o'tib jurnalist BAA OFKga maktub yuborganini ma'lum qildi.
"Hozirgina BAA Almoez Ali va Bassam Al-Ravi bo'yicha OFKga etiroz yo'llagani borasida xabar oldim. Ayni damda bu ish ko'rib chiqilmoqda" - deyiladi tvitda.



