Judjak Bursasporga ko'chib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
16 avg 2015
Bursaspor Dinamo bilan Balaj Judjak borasida kelishuvga erishdi.

17 avgustda 28 yoshli futbolchi Turkiyaga tibbiy ko'rikka o'tish uchun uchib ketadi. Oldinroq futbolchi Gertaga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Vengriyalik futbolchiga Lacio va Beshiktosh kabi klublar qiziqqandi.

Judjak 2012 yil yanvar oyidan buyon Moskva klubida o'ynab kelayotgan edi. Futbolchi "Dinamo" bilan 4 yillik shartnoma tuzgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru