Jozep Bartomeu: Neymarni “Barselona”ga qaytargan bo'lardim

28 apr 2018, 09:41
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu Neymarning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

“Primeroda kuchli futbolchilar o'ynashini istayman va tabiiyki,  Neymarni “Barselona” klubiga qaytargan bo'lardim”,  - dedi Bartomeu. 

Shu bilan birga kataloniya klubi rahbari “Real”ning “Barselona” uchun chempionlar yo'lagi tashkil qilmasligi haqida ham gapirdi. 

“Har bir odam o'zi to'g'ri deb hisoblagan bo'yicha harakat qiladi.  Agar chempionlar yo'lagi tashkil qilinmasa,  demak bo'lmaydi.  O'ylaymanki,  bu kabi voqea avval ham bo'lgan,  lekin men eslay olmayman”,  - dedi “Barselona” prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com