Jozep Bartomeu: "Dembele Neymarga qaraganda yaxshiroq o'ynaydi"

15 apr 2019, 23:29
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu Usmon Dembele va boshqa o'yinchilarning o'yiniga baho berdi.

"Allaqachon Neymarning sotuvidan tushgan pulga Dembele va Koutino loyihasini amalga oshirilganini tushuntirib o'tganmiz. Dembelening hozirgi darajasi Neymarga nisbatan yaxshi. U Neymarga qaraganda foydali o'yinchi. Usmon allaqachon jamoaga moslashib ulgurdi.

Rakitich biz uchun juda kerakli o'yinchi. Biz uning shartnomasini uzaytirish borasida vadalashganmiz. Ammo moliyaviy muammolar sababli hozircha muzokaralar ortga surildi", - deya Bartomeuning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Мundo Deportivo