Joze Mourinyuning Turkiyadagi maoshi ma'lum

Khoja
6 iyun 2024
Fenerbaxche Joze Mourinyuning maoshi haqidagi savollarni ochiqladi.

Portugaliyalik mutaxassisning Turkiyadagi yillik maoshi 10,5 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Joze Mourinyu Fenerbaxche bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Unga jamoa rahbariyati tomonidan Turkiya chempionligini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Fenerbaxche so'nggi bor 2014 yilda Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com