Joze Mourinyu nima sababdan Turkiyada ishlashga rozi bo'lganini tushuntirib berdi

Khoja
9 iyun 2024, 10:50
Fenerbaxche ustozi Joze Mourinyu nima sababdan Istanbul jamoasini boshqarishga rozi bo'lganini ma'lum qildi.

Yana chempionlik uchun kurashish imkoniyati bo'lgani sababli ushbu jamoani boshqarishga rozi bo'ldim. Romada bunday imkon yo'q edi. Ular bilan A Seriya g'olibligi uchun kurashib bo'lmasdi. Romani tark etganimdan keyin u yerda hech narsa o'zgarmadi. Romada biz Evrokuboklarda nisbiy muvaffaqiyatga erishdik, ammo chempionlik uchun kurasha olmadik.

Fenerbaxche bilan Evrokuboklarda qandaydir natija qayd etish qiyindir, biroq mamlakat chempionligini qo'lga kiritish uchun kurashsa bo'ladi. Turkiyada ham chempionlik uchun kurashadigan bir nechta kuchli jamoalar bor, bu esa menga ko'proq motivaciya beradi, - dedi portugaliyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru