Joze Mourinyu: "Eto'O hech qachon "Oltin to'p" olmaganligi juda g'alati. Sneyder ham 2010 yilda aql bovar qilmas darajada o'ynagan"

Sherzod Nurmatov
23 may 2020, 00:03
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu ilgari "Inter"da o'zi bilan birga ishlagan futbolchilari Samyuel Eto'O va Uesli Sneyder o'shanda "Oltin to'p"ga loyiq bo'lganliklarini aytdi.

"Ajablanarlisi shundaki, Samyuel butun faoliyati davomida biror marta "Oltin to'p" yuta olmagan.

Uesli o'sha mavsumda aql bovar qilmas darajada to'p tepgan. Bir yil ichida treblga erishgan va Jahon chempionati finalida o'ynagan.

Biz 2010 yilda taqdirlash marosimiga bordik. Yigitlar hatto kuchli uchta da'vogar safidan o'rin olmagan (kuchli uchlikka Lionel Messi, Andres Inesta va Xavi kiritilgan).

Ular erishgan yagona narsa yil ramziy jamoasiga kirish bo'lgan", – deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic