Joze Mourinyo: “Yuventus”-YCHL g'olibligi uchun davogar”

MYU ustozi YCHL 3-turi doirasida “Yuventus”ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yuventus”-YCHL g'olibligi uchun davogar. Ular Italiyada ketma-ket 7 yil sovringa ega chiqdi, shuningdek, evrokuboklarda ham yomon o'yin namoyish etmadi. Ronaldu? Jamoadan undan tashqari ham yuqori saviyali o'yinchilar ko'p. Masalan, Bonuchchi, Jan va boshqalar. “Chelsi”ga qarshi o'tgan o'yin bizni qattiq g'azablantirdi. Endi shu g'azabni “Yuventusga qarshi ishlatishga harakat qilamiz”,-deydi Joze.


Manba: UEFA