Joze Mourinyo: Tinchgina zaxira o'rindig'ida o'tiribman, hissiyotlarimni ko'rsatmayapman

Narzulla Saydullayev
15 dek 2016, 09:40
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Kristal Pelasga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Qiyin lekin haqli g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda raqib hisobni tenglashtirdi, shundan so'ng mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik.

20 daqiqa ichida bizni to'xtatib bo'lmadi. Runining zarbasidan so'ng raqib posboni ajoyib seyv qildi, ammo keyin Mata gol urdi, penalti bilan vaziyat bahsli edi. Jamoamning o'tkazib yuborilgan golga bo'lgan munosabati yoqdi.

Ibragimovich ajoyib o'yin o'tkazdi. Gol urganidan so'ng u himoyachilarga yordam berdi. 35 yoshli futbolchi uchun qoyilmaqom o'yin.

Men tinchgina zaxira o'rindig'ida o'tiribman, hissiyotlarimni ko'rsatmayapman. G'alabadan xursandman, agar yutmaganimizda ham o'yinimizdan qoniqqan bo'lardim, – deydi Mourinyo.

Hissiyotsiz Mourinyo


Hissiyotli Mourinyo


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com