Joze Mourinyo: "Sanches keyingi mavsum yanada yaxshiroq bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2018, 11:34
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Aleksis Sanches jamoaga hali to'liq ko'nikib ulgurmaganini ta'kidladi.

"Aleksis biz bilan birga o'ynashni o'rganmoqda, biz esa o'rgatayapmiz. U jamoaga juda yomon vaziyatda keldi - mavsumning o'rtasida, ayni qizg'in pallada. Mana nima uchun men qishki transferlarni unchalik yoqtirmayman. Lekin, Sanches transferi qo'ldan chiqarish mumkin bo'lmagan imkoniyat edi. Albatta, Aleksis keyingi mavsum yanada yaxshiroq bo'ladi", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com