Joze Mourinyo: “Menimcha, Pogba dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi”

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 22:50
“MYU” ustozi Joze Mourinyo manikunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogbaning o'yiniga baho berdi.

Yozda fransiyalik futbolchi 93 million funt steringling evaziga “Yuventus”dan MYUga  ko'chib o'tgandi.

“APL da o'ynash oson emas. Sen 3-4 yil Italiyada o'ynab kelib, keyinchalik Angliyada to'p tepadigan bo'lsang, umuman boshqa olamga tushib qolasan.

Ammo u hammasini yaxshi bajarmoqda, judayam yaxshi. Kelgusi mavsum Pogba uchun bundanda yaxshi bo'lishiga ishonaman.

Pogba bu shunday yarim himoyachiki, unda juda ko'plab gol urishi uchun barcha narsa bor. Pogba – dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi. Ko'rinib turibdi, u juda yosh. U yanada o'sishni istaydi”, deya ta'kidlab o'tdi.

Joriy mavsumda Pogba APLda 17 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 3 ta gol urish bilan birga uch marta jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports