Joze Mourinyo: “Maqsadimiz ikkinchi o'rinni egallash, buni yashirmayman”

6 apr 2018, 23:09
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ayni paytda APL turnir jadvalida Mourinyo shogirdlari peshqadam “Siti”dan 16 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi pog'onada bormoqda.

“Maqsadimiz – mavsumni ikkinchi pog'onada yakunlash. Umuman mavsumni kuchli to'rtlikda tugatishimiz aniqroq. Ammo hali hammasi hal etilgani yo'q. Bizni taqib etayotgan jamoalarda ham aynan kumush pog'ona uchun kurashish imkoniyati mavjud. 

Mavsumni sovrinsiz tugatsang, ikkinchi, uchinchi yoki to'rtinchi o'rinni egallashning ahamiyati yo'q. CHLda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritamiz.Biz imkon qadar ko'proq ochko to'plashga erishdik, ammo “Siti” judayam ko'p uchrashuvlarni o'z foydasiga hal etdi. Shu sabab ularni quvib yetish imkonsiz. Ayni paytda chempionlik uchun emas, ikkinchi o'rinni egallash niyatidamiz”, deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph