Joze Mourinyo: "Bayi tarkibda bo'lmadi. Chunki, bir haftada uchta o'yinimiz bor"

Tolibjon Qosimov
16 apr 2018, 19:36
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 34-turi doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda markaziy himoyachi Erik Bayi nima uchun maydonga tushmaganini aytib o'tdi.

"Bir haqtada uchta o'yinimiz bor. Bir necha kundan so'ng "Bornmut" bilan o'yin, keyin yana bir necha kundan keyin "Tottenxem"ga qarshi o'yin. Angliya kubogi yarim finaliga tayyorlanish uchun ularda bir kun ko'proq vaqt bo'ladi. Shu sabab, men bu haqda ham o'ydashim kerak. Ayni shu sabab tarkibda biroz rotaciya qildim", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports