Joze Mourinyo: Angliyada qolishni istayman

Narzulla Saydullayev
10 apr 2016, 17:30
Chelsi sobiq ustozi Joze Mourinyo hozir takliflarni ko'rib chiqayotganini ma'lum qildi.

Van Gal – mening do'stim, u bilan bir necha yillar davomida birga ishlaganman. Har kuni meni yangi klubga o'tkazishmoqda: hech qaysi klub bilan shartnoma tuzganim yo'q.

Hozir takliflarni o'rganib chiqayapman. Qarorni may-iyun oyida qabul qilaman va iyul oyida ishni boshlayman. Klublardan, terma jamoalardan takliflarni qabul qilishga tayyorman. To'g'risi o'zim klubda ishlashni xush ko'raman.

Angliyada qolishni istayman. Bu mamlakat menga yoqadi, Angliya futboli menga yoqadi, oilam bu yerda baxtli, – deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com