Joze Mourinyo: “Anderlext”dan keyin yigitlarga dam bermadim”

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 00:26
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoasining “Chelsi” (2:0)ga qarshi bahsidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Payshanba kuni biz Yevropa ligasida qiyin bellashuvni o'tkazdik. Yigitlarga hordiq chiqarishga imkon bermadik. Mashg'ulotlarda o'zini eng yaxshi tomonlarini ko'rsatgan yigitlarni bugun asosiy tarkibda maydonga tushirdik.

“Manchester Yunayted” Angliya kubogi doirasida “Stemford Bridj”da “Chelsi”ga qarshi bashda ham xuddi shu taktikada harakat qilgan edi. Faqatgina hakamning qarori bilan birinchi bo'limdayoq biz 10 kishi bo'lib harakatlanishga majbur bo'lgandik. Shu sabab mezbonlar maydonda ustunlik qilishgan edi. Biz o'sha ruhda o'ynasak, raqibga qiyinchiliklar tug'dira olishmizni bilardik.

Reshford bugun ajoyib o'ynadi. U kubok bahsida “Stemford Bridj”da ham bugungidek imkoniyatga ega bo'lgandi. Bu futbolchi “Chelsi” himoyachilaridan tezkorroq harakat qildi va gol urdi. Bu gol jamoamizga ishonch bag'ishladi”, dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС