Joze Mourinyo: "Anderlext" bilan 0:0 uchun o'ynamaymiz"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017, 20:42
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo Yevropa ligasi doirasidagi "Anderlext"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Yevropa ligasi 1/4 finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Anderlext" uchrashuvi 20 aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:05da boshlanadi.

"Agar gol o'tkazmasak yarim finalga chiqamiz, buni inobatga olish kerak. "Anderlext" gol urishi kerak, aks holda musobaqani tark etadi. Biz o'z uyimizda o'ynaymiz, Yevropa ligasida o'z uyimizda barcha o'yinlarda yutdik. Biz 0:0 hisobini saqlab qolish uchun o'ynaymizmi? Yo'q", - deydi Mourinyo The Sport Review nashriga.

Takidlash lozimki, "Qizil iblislar" dastlabki o'yinda Belgiyada 1:1 hisobida durang o'ynab qaytishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Sport Review