Jovinkoga yana bir davogar paydo bo'ldi

Sebastian Jovinko faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Sebastian Jovinkoning agenti bilan “Fenerbahche” klubi vakillari uchrashuv o'tkazgan. Unda futbolchining turk klubiga o'tish masalasi muhokama qilingan.

33 yoshli futbolchining so'nggi klubi “Al-Hilol” bo'lib turibdi. Jovinko Saudiya Arabistoni klubi safida joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 25 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Uning Ar-Riyod klubi bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.


Manba: Transfermarketweb.com