Yovetich Manchester Sitiga 28 million evro evaziga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013
Fiorentina hujumchisi Stevan Yovetich Manchester Sitiga o'tmoqda, deb xabar bermoqda Sky Italia jurnalisti Janluka di Marcio.
Bugun tongda futbolchining agenti Fali Ramadani fialkalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Dushanba kuni tunda yoki seshanba kuni transfer rasman amalga oshishi kerak.

Ramadani transferni so'nggi bosqichini amalga oshirish uchun Manchesterga uchib ketmoqda.

Shaharliklar futbolchi uchun taxminan 27-28 million evro to'lashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru