Jota muddatidan oldin "Liverpul"ga qaytishi mumkin

Alisher
12 okt 2021
"Liverpul" forvardi Diogu Jota Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etishi mumkin va mushak jarohati sabab klubiga qaytishi mumkin.

24 yoshli futbolchi Qatar (3:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yubordi.

"U biroz shug'ullandi, bosim fizioterapevtning nazorati ostida oshirildi, ammo umumiy guruhda shug'ullanmadi. Uning maydonda bir qancha vaqt harakat qilish ehtimoli bor. U bilan gaplashdim, o'zini qanday his qiladi, ko'ramiz", - deydi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush.

Murabbiy shuningdek agar Jotaning holati yaxshilanmasa, uni "Liverpul"ga qo'yib yuborishga vada berdi.


AlisherMuallif
Manba: tribalfootball.com